Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida dasturlar ijrosi uchun 1,6 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 915 ta mahalla zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi
Joriy yilda Samarqand viloyati bo‘yicha 717 ta qishloq, 198 ta shahar mahallalari qiyofasi zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi va infratuzilmasi yaxshilanadi. Bu haqda Prezident rahbarligida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilinayotgan mazkur yig‘ilishda Samarqand viloyati Payariq tumani misolida joriy yilda bu borada amalga oshiriladigan ishlar haqida ma'lumot berilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, tumanda 145 kilometr yo‘l, ming kilometr elektr tarmog‘i, 250 ta transformator va 54 kilometr ichimlik suvi tizimi yaroqsiz ahvolga kelgan. Ijtimoiy soha obektlarida ham ko‘plab muammolar bor.. Tumanda 9 ming nafardan oshiq ishsiz bor. Mingta oila «temir daftar»ga, 6 ming nafar aholi «yoshlar daftari»ga, 2 200 nafar xotin-qizlar «ayollar daftari»ga kiritilgan.
Videoselektor yig‘ilishida ta'kidlanishicha, joriy yilda Samarqand viloyatida 717 ta qishloq va 198 ta shahar mahallalari, jumladan, Payariq tumanidagi 56 ta qishloq qiyofasi zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi va infratuzilmasi yaxshilanadi hamda aholi bandligini ta'minlash ishlari amalga oshiriladi. Bu maqsadlarga 1,6 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov mavzu yuzasidan hisobot bergan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026