«Hammangiz «Xalq qabulxonalari»ga kelgan e'tirozlarni eşityapsizlar. Juda köpçilik uysizlikdan noliydi. 27 yil bu masala öz holiga taşlab qöyildi, quriliş industriyasi yöqolib ketdi. 4 yildirki bu masala ustida işlayapmiz. Maqsad bitta – odamlarni rozi qiliş. Boşpanasi bölmagan odam rozi bölişi qiyin. Endi yolğon gaplarni xalq qabul qilmaydi.
Juda oğir inqiroz yilidan çiqqanimizga qaramay bugungi masalalar uçun 31,5 trln söm yoki 3 mlrd 50 mln dollar pul ajratyapmiz. Lekin maqsad bu pulni şunçaki tarqatib yuboriş emas, maqsadli sarflaş zarur. Eng muhimi – bu mablağni taşqi qarzimizni oşirmagan holda ajratyapmiz», deya prezidentning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari ajratilayotgan mablağlar evaziga mahallalarda ijtimoiy soha obektlari ham barpo etilişi lozimligini ta'kidlagan.
«Bir vaqtlar respublika böyiça 1 mlrd investitsiya kiritildi, deb maqtanardik. Hozir birgina viloyatda 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritilyapti.
Bir narsani barça hudud va sektor rahbarlari aniq tuşunib olişi zarur. «Obod qişloq» va «Obod mahalla» deganda, nafaqat ularning yöllari yoki mahallaning qiyofasi yaxşilanişi, balki u yerdagi aholining daromadi köpayişi, ijtimoiy soha obektlari töliq işlaşi, bir söz bilan aytganda, tanlangan mahalla har tomonlama obod bölişi kerak.
Eng asosiysi, haqiqiy obod mahallada «temir daftar», «ayollar» va «yoşlar» daftarlari bölmasligi lozim», degan prezident.











