Uşbu mahalla Uzun örmon xöjaligi hududida taşkil etilganiga 40 yilça bölib qoldi. Mahalla hududiga kiraverişda mahalladan 300 metr narida joylaşgan Sariosiyo tuman tibbiyot birlaşmasining oqova va kanalizatsiya suvlarini tozalaş inşooti joylaşgan.
Ayni paytda tozalaş inşooti örniga yangisi örnatilgan, biroq mahalla ahlining sözlab berişiça, eskisi ham işlatilmoqda va qölansa hiddan mahalladagilar aziyat çekişmoqda.


Özi köp yildan buyon vraç bölib işlab kelayotgan Hidoyat Jalilovaning aytişiça, qölansa oqova suvlar yaxşi tozalanmasdan, dam-badam eski inşootdan oşib-toşib ketadi. Atrofni suv bosadi. Butun mahallaga qölansa hid taraladi. Albatta, bu sanitariya me'yorlariga ham zid. Qolaversa, hudud Töpalang daryosiga yaqin.

Mahalla vodoprovod tarmoğiga ulanmagan. Hududning yeri toşloq, 5-6 metrdan suv çiqadi. Barça yer osti suvidan kundalik turmuşda foydalanib kelmoqda. Kanalizatsiyadan toşib çiqayotgan oqova suvlar ular iste'mol qilayotgan sifatsiz suvning sifatini yanada battar ahvolga solmoqda.


Tozalaş inşootiga xizmat körsatuvçi xodimlardan biri Otamurod Mirzayev vaziyatni sal boşqaçaroq ifodaladi.

O.Mirzayevning sözlariga köra, yangi tozalaş inşooti mahalliy xalqning arizalaridan söng qurilib, töliq foydalanişga topşirilgan. Lekin biz borgan kundan sal oldin sodir bölgan voqeaga tuşunmovçilik sabab bölgan. Oqova suv eski inşootga haydalgan va u toşib çiqqan. Yangi inşoot oqova suvni töliq qayta işlay oladi, suv ajratib, tozalanib, xlorlanib, Töpalang daryosiga çiqarib yuboriladi.
Mahallada yana bir holga közimiz tuşdi: biz borişimizdan sal avval mahalladagi daydi itlarni zaharlab ketişgan ekan. Şu yerdagi ikki ayol katta köçada ölib yotgan itlardan birini köz öngimizda nariroqqa — tozalaş inşooti yoniga olib borib taşlaşdi: sassiq joyda sasigani bilinmas, degandek.

Töpalang daryosi sohillariga yaqin joylaşgan mahalla ahli u yerdagi turli şağal maydalaş xususiy korxonalariga qatnovçi katta yuk maşinalaridan ham aziyat çekişayotganini bayon etişdi.



Hidoyat Jalilovaning aytişiça, korxonalardan şağal va toş ortgan katta yuk maşinalari katta köçadan emas, mahalla içidagi içki köçadan qatnaydi. Buning oqibatida hamma yoq çang-tözon bölib ketadi. Qariyb 2 km naridagi 3-örta maktabga qatnaydigan maktab öquvçilarining ust-boşlariga qarab bölmaydi. Mahalla bolalari köçaga çiqib öynay olişmaydi.

Bu holni bartaraf etiş uçun köçalarni asfaltlaştiriş kerak böladi. Mahalla içki köçalaridan yuk avtomobillari qatnovini ham tartibga soliş, ularni aholi turar joyidan emas, Töpalang daryosi böyidagi xavfsiz yöllardan haydaşlarini taşkil etiş lozim böladi.
«Afrosiyob» mahallasi ahlini qiynayotgan narsalardan biri bir neça yil avval qandaydir sabablar bilan tabiiy gaz tarmoğidan uzib qöyilgani. Sekin-asta asrab qöyilgan quvurlarning bir qismi yöq bölib ketdi. Hozir mahallani oqma tabiiy gaz tarmoğiga qayta ulaş uçun loyiha tayyorlangan. Lekin hadeganda loyiha amalga oşmasdan turibdi.

Tozalaş inşooti risoladagiday işlasa, qölansa hiddan xalos bölişar. Köçalarning asfalt qilinişi va tabiiy gaz tarmoğiga ulaş uçun mahalla davlat dasturiga tuşirişi kerak, buni tuşunamiz. Lekin ularni içimlik suvi bilan ta'minlaş zarur çoralar içida eng osoni bölsa kerak.
Çunki mahalla butun tumanni içimlik suv bilan ta'minlaş tarmoğining boşida turibdi. Bu yerda toza, sifatli içimlik suvi 200 metr çuqurlikdan çiqadi va butun tumanga tarqatiladi. Hattoki, mahallaga kiriş yöli boşida quduq va suvga ulaniş uçun quloq ham örnatilgan. Mablağ ajratilsa, odamlarning köçasigaça quvur tortib berilsa, bas.

Hidoyat Jalilova mutasaddi taşkilotlar “özlaring tortib olinglar”, deb kelişayotganini tilga oldi. Biroq fuqarolarda buning uçun yetarli mablağ yöq. Davlatning yordami kerak böladi.
Mahalla ahli özlarini qiynayotgan barça masalalar böyiça mutasaddilarga murojaat qilişgan. Tumanning avvalgi hokimi Asqarali Jörayev (hozir Boysun tumani hokimi) şaxsan kelib muammolar bilan tanişib ketganini aytişdi. Biroq, afrosiyobliklar yangi hokimga hozirça bu borada uçraşişmagani va u mahallaga kelib körmaganini ham bildirişdi.
Umid qilamizki, Sariosiyo tuman hokimligi va tumandagi mutasaddi taşkilotlar mavjud muammolarga oqilona yeçim topişadi.
Şuhrat Şokirjonov, Kun.uz muxbiri
Tasvirçi: Jahongir Aliboyev












