Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangiobod» bozorida ayol kishiga nisbatan bezorilik sodir etildi
2021 yilning 6 mart kuni soat 10:00larda 52 yoshli Ibrohim V. Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” 3-hududidagi savdo rastalari oldida 36 yoshli Umida A.ning bosh qismiga qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan bir marotaba urib yerga yiqitgan.
Foto: Tergov departamenti
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Ibrohim V. Umida A.ning tanasi turli joylariga tepib, jarohat yetkazgan. Natijada, Umida A. tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Umida A.da o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Ibrohim V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, Ibrohim V. savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida, Umida A. o‘zining nazoratchi ekanini, unga kimdan so‘rab savdo qilayotganini aytib janjal ko‘targani sababli urib, jarohat yetkazgani ma'lum bo‘lgan.
Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:28 / 23.12.2025
Yo‘l talashish janjalga aylandi: Chilonzordagi holatga rasmiy izoh berildi
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
11:22 / 26.11.2025
Toshkentda mast holda bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
20:56 / 25.10.2025