Jahon | 15:48 / 25.03.2021
3949
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel YeI uchun vaksina Yevropada ishlab chiqarilishi zarur deb hisoblamoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi vaksinani o‘z aholisi uchun ishlab chiqarmoqda, AQSh esa vaksinasini eksport qilmayapti.

Germaniya kansleri Angela Merkel YeI mamlakatlari uchun koronavirusga qarshi vaksina Yevropa hududida ishlab chiqarilishi zarurligini aytdi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi vaksinani o‘z aholisi uchun ishlab chiqarmoqda, AQSh esa vaksinasini eksport qilmayapti. Yevropadagi inqirozni bartaraf etish uning zavodlarida qancha miqdorda vaksina ishlab chiqarilishiga bog‘liq, dedi Merkel.

U shu bilan birga, boshqa mamlakatlarni ham koronavirusga qarshi vaksina bilan ta'minlash zarurligini ta'kidladi. Bunday qilinmas ekan, insoniyat virusning yangi mutatsiyalari bilan to‘qnash kelaveradi, dedi Germaniya kansleri.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,7 millionga yetgan, 75 ming inson vafot etgan. Mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning bir dozasini olganlar 8,1 million, har ikki dozasini olganlar esa 3,6 million nafarni tashkil etmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid