Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda mahalliy deputatlar oltita maktabga direktor tasdiqladi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputatlari Qo‘qon shahridagi 10 ta umumta'lim maktabidagi bo‘sh turgan direktor lavozimiga nomzodlarning dasturi bilan tanishdi. Deputatlar 6 ta maktabga direktorlarni tasdiqladi, qolgan 4 ta maktab direktorligiga nomzodlar tasdiqdan o‘ta olmadi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining oltinchi chaqiriq, XXVI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Qo‘qon shahridagi 3, 7, 10, 12, 19, 20, 25, 27, 28, 41-maktablarga direktorlikka nomzodlarning 3 yillik dasturlari ko‘rib chiqildi. Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan maktab direktorlari lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning 3 yillik dasturlari deputatlar tomonidan tinglandi. Deputatlar nomzodlarni baholab borib, ular bilan savol-javob qildi. Nomzodlarning chiqishlari Qo‘qon shahar hokimligining facebook’dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda uzatilib, keng jamoatchilik tomonidan ham muhokama etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Qo‘qon shahar xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarining bo‘sh turgan direktor lavozimlariga nomzodlarning dasturlarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, deputatlar tomonidan 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga Madaminova Ziyoda Sayitqulovna, 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga Mirmaqsudov Mirhamid G‘aniyevich, 19-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga Sharopova Zohida Sulaymonovna, 27-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga To‘xtaboyeva Feruza Hasanboyevna,
28-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga Rahimberdiyeva Mahfuza Murotovna, 41-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga Umerov Eskander Azizovich tavsiya etildi.
Shuningdek, Qo‘qon shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri Dilfuzaxon Alimovaga nomzodlari deputatlar tomonidan ma'qullanmagan 3, 12, 20, 25-maktablarning direktorlik lavozimlariga qaytadan tanlov tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid
17:35 / 30.06.2026
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
18:26 / 25.12.2025