Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston yadro qurolini tashiy oladigan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi
Ma'lumot berilishicha, yuqori aniqlikka ega raketaning parvoz qilish masofasi 900 kilometrni tashkil etadi.
Pokiston kichik masofaga mo‘ljallangan Shaheen-1A ballistik raketasi sinovini o‘tkazdi.
Mamlakat qurolli kuchlarining ma'lumot berishicha, yuqori aniqlikka ega raketaning parvoz qilish masofasi 900 kilometrni tashkil etadi.
Uzunligi 12 metrli mazkur raketa yadroviy kallakni tashiy oladi. Yadroviy kallakning og‘irligi bir tonnaga teng.
Pokiston yanvar oxirlarida o‘rta masofaga mo‘ljallangan Shaheen-III ballistik raketasi sinovini o‘tkazgandi. Pokistonlik ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, uzunligi 19 metrli bu raketa og‘irligi bir tonnagacha bo‘lgan yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin. Uning parvoz masofasi 2750 kilometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026