Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya qatorasiga ikkinchi kun raketa sinovlarini o‘tkazdi
Foto: laprensalatina
Shimoliy Koreya 26 mart kuni ikkita taktik raketasi sinovini o‘tkazdi. Bu Pxenyanning 2 kun ichidagi ikkinchi raketa sinovidir. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Rodong Sinmun rasmiy nashri ma'lum qildi.
Nashrda yaqinda ishlab chiqilgan raketalar Yapon dengizi ustidan 600 km uchib o‘tgani ma'lum qilingan. Ma'lumotlarga ko‘ra, raketalar 2,5 tonnagacha og‘irlikdagi jangovar kallakni tashiy oladi. Ta'kidlanishicha, sinovlarni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kuzatmagan.
25 mart kuni janubiy koreyalik harbiylar Pxenyan Yapon dengizi tomon kichik masofalarga mo‘ljallangan 2ta ballistik raketa uchirganini ma'lum qilgandi. Raketalar 60 km balandlikda 450 kmga yaqin masofani uchib o‘tgan.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya 21 mart kuni ham qanotli raketalari sinovini o‘tkazgandi. Ballistik raketalardan farqli, qanotli raketalar BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalari ostiga tushmaydi.
Tahlilchilar ushbu sinovlarni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning AQShning yangi prezidenti Jo Baydenga chaqiriq tashlashi deb baholashmoqda.
O‘z navbatida Bayden vaziyat keskinlashgudek bo‘lsa, Vashington Pxenyanning ushbu harakatlarini javobsiz qoldirmasligini aytgan.
Mavzuga oid
15:42 / 14.01.2026
Eron Rossiyaga qariyb 3 mlrd dollarlik raketalar sotgan
07:24 / 12.01.2026
Kosmos-2026: yangi raketalar, Oyga parvozlar va ulkan rejalar
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025