Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” xorijlik askarlarga yana hujumlar boshlash bilan tahdid qildi
“Tolibon” harakati vakillari Afg‘onistondan 1 maygacha xorijlik askarlar olib chiqib ketilmasa, ularga qarshi jangovar harakatlar yana boshlanishi bilan tahdid qildi. Toliblarning ushbu bayonoti AQSh prezidenti Jo Bayden bu muddatgacha Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketish “qiyin” bo‘lishini aytgandan keyin yangragan.
“Tolibon”ning aytishicha, agar belgilangan muddatda qo‘shinlar olib chiqilmasa, unda toliblar “mamlakatni ozod qilish uchun xorijiy qurolli kuchlarga qarshi kurashni davom ettirishga majbur bo‘ladi va bu holatda javobgarlik Dohada erishilgan kelishuv shartlarini bajarmagan tomon zimmasida bo‘ladi”.
2020 yil fevralda Qatarda AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangan. Unda Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarning sekin-asta olib chiqilishi, asirlarning ozod qilinishi va yangi hukumat shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. Biroq Bayden ma'muriyati Donald Tramp prezidentligi vaqtida imzolangan kelishuvga qaramay, Afg‘onistonda 1 maydan keyin ham amerikalik harbiylarni qoldirishni o‘ylamoqda.
Ta'kidlanishicha, hozirda Afg‘onistonda AQShning 3,5 ming va boshqa davlatlarning 7 mingga yaqin harbiysi bor.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026