Joriy yilning 26 mart kuni Senat qömitasi ötkazgan jamoatçilik eşituvida «kafolatlangan paket» tizimi doirasida fuqarolarni davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan ta'minlaşni yölga qöyiş böyiça bajarilayotgan vazifalar muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Majlisda Davlat tibbiy suğurta jamğarmasi direktori birinçi örinbosari Zohid Ermatov qöşma qaror işlab çiqilgaç, dastlabki tajriba-sinov jarayoni yozda, Sirdaryo viloyatida boşlanişini ma'lum qildi.
«2021 yilgi davlat dasturida fevral oyiga qadar aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat körsatiş tizimini amaliyotga bosqiçma-bosqiç joriy etiş belgilangan.
Kafolatlangan paket tizimida asosiy e'tibor birlamçi tibbiy tizimga, ya'ni kasalliklarning oldini oliş va erta aniqlaşga qaratiladi. Çunki şifoxonada davolaş davlat uçun juda qimmatga tuşadi. Lekin bu şifoxona darajasi e'tiborsiz qoladi degani emas.
Şifoxonada ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan, oğir kasalliklar turkumiga kiradigan, boquvçisi bölmagan, alohida imtiyozga ega bölgan bemorlarni davlat budjeti hisobidan davolaşga e'tibor qaratiladi.
Bepul tibbiy xizmatlarga tez tibbiy yordam, sanitar aviatsiya, birlamçi tibbiy sanitariya yordami, yollanma oilaviy şifokor, konsultativ diagnostik yordam, kunduzgi statsionarda körsatiladigan yordam, statsionar yordam, tibbiy körsatmaga asosan qon va uning komponentlari bilan ta'minlaş, tibbiy reabilitatsiya, aholining ayrim qatlamlariga körsatiladigan palliativ yordamlar kiradi.
Ayni paytda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan mazkur loyihani amalga oşiriş uçun qöşma qaror tayyorlanmoqda. Bu dastlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida amalga oşiriladi.
Hisob-kitoblarga köra, mazkur viloyatda uşbu loyihaning 2021 yildagi ijrosi uçun budjet sarfi 475 milliard söm bölişi közda tutilgan. Mazkur mablağlar bilan 851 ming kişini kafolatlaşimiz kerak.
Kafolatlangan paketga – profilaktika, diagnostika va davolaş kiradi. Bemor kelganda qaysi diagnostikalar böyiça bepul xizmat körsatilişi belgilab qöyilgan böladi.
Mazkur tajriba-sinov loyihasi 2021 yil 1 iyuldan boşlanib, 2022 yil yakunigaça davom etişi belgilangan. Vazirlar Mahkamasi va Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ma'qullangan yöl xaritasi böyiça 2023 yilda yana beşta viloyat va Toşkent şahrini qamrab oliş kerak. 2025 yilda bu tizim butun respublika hududlarida joriy etilişi közda tutilgan», dedi jamğarma rasmiysi.
















