Biz eng avval tumandagi Çimmos qişloğida joylaşgan «Oqmaçit» oilaviy şifokorlik punktida böldik. Tuman markazi Qöşrabot şaharçasidan 38 km olislikdagi uşbu OŞP Oqmaçit va Çimmos mahallalarida istiqomat qilayotgan 5656 nafar aholiga xizmat qilar ekan. OŞPda 3 ta tibbiy brigada, vraçlar va 12 ta hamşira faoliyat körsatmoqda. Punktda tez yordam xizmati ham yölga qöyilgan.

«Qöşrabot tumanida ayni paytda 45 ta mahalladan 21 tasi olis hududlar sanaladi. Tuman böyiça joyilarda 12 ta oilaviy şifokorlik punktlari oçilib, faoliyat körsatmoqda. SSV bilan kelişgan holda, tuman hokimining qaroriga asosan 2023 yil yakuniga qadar yana ikkita — «Mayintepa» va «Yuqorisaroy» OŞPlari oçilişi belgilangan», — dedi biz bilan suhbatda tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Uluğbek Şamsiyev.
Bozorkent qişloğida joylaşgan «Oqçopsoy» oilaviy şifokorlik punktini ham borib kördik. Tuman markazidan 70 km olisda joylaşgan uşbu manzilda OŞP 60-70 km radiusda istiqomat qilayotgan 3640 nafar aholi uçun xizmat körsatadi.

Kattaqörğon tumanilik umumiy amaliyot şifokori Qahhor Ğafurov 2022 yilda öz turmuş örtoği bilan şu olis hududga kelib işlaşmoqda. Ularga bir marta tölanadigan 30 million sömlik yordam puli berilgan. Oylik maoşlariga har oy ikki million söm ustama berilmoqda. Qolaversa, oilaning turar joyi ijarasi uçun ham oyiga 2 bazaviy hisoblaş miqdorida yordam berib turilibdi.

E’tiborlisi, «Damas» avtomaşinalari örniga toğning past baland va asfalt qilinmagan yöllarida bemalol yura oluvçi yöltanlamas UAZ rusumli tibbiy tez yordam maşinasi berilgan.


«Oqçopsoy» OŞPda 2 nafar şifokor, 6 nafar patronaj hamşira işlamoqda. 4 örinli kunduzgi statsionar faoliyat körsatmoqda. Tez yordam bölimi va maşinasi ham bor. Bundan taşqari, Oqçop, Jala va Köktönli qişloqlarida OŞPga böysunuvçi 3 ta mahalla tibbiyot punkti ham bor.


























