Jahon | 23:29 / 27.03.2021
10004
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQSh va Kanadaga qarshi javob sanksiyalari kiritdi

Xitoy 26 mart kuni Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

Foto: Reuters

Xitoy AQSh va Kanada vakillariga qarshi javob sanksiyalari kiritilganini ma'lum qildi. Avvalroq bu davlatlar Shinjonda inson huquqlari buzilayotgani sababli YeI joriy etgan sanksiyalarga qo‘shilgandi.

Xabar qilinishicha, Xitoy AQShning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) rahbari Geyl Menchin, rais o‘rinbosari Toni Perkins, Kanada parlamenti a'zosi Maykl Chongga nisbatan sanksiyalar joriy etgan.

Shuningdek, Kanada vakillar palatasining xalqaro inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi ham sanksiyaga tushgan.

Xitoy 26 mart kuni Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

22 mart kuni YeI inson huquqlari buzilishi sababli qator mamlakatlar, jumladan, Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi. XXR bunga javoban YeIning o‘n nafar parlamentariy, olim va siyosatchilari hamda to‘rtta yuridik shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid