Yangi qurilgan uylarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi – Sherzod Hidoyatov
26 mart kuni AOKAda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov vazirlik yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni qabul qilib olishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qanday yo‘l tutishi haqidagi savolga javob berdi.
«Yangi qurilgan uylarni qabul qilishda Qurilish vazirligining nazorat inspeksiyasi qatnashib kelyapti. Bu vaziyatda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ushbu jarayon raqamlashtirilgan. Har bir inspektor maxsus planshetga ega. Uy-joylarni qabul qilishda qurilish jarayonini rasmga olib platformaga joylashtiradi. Platformada elektron tarzda kamchiliklar aniqlanadi. Shunga qarab qabul qilish yoki qilmaslik haqida ma'lumot beriladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi nazorat inspeksiyasi esa bitgan tayyor uylarning aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini nazorat qiladi. Issiqlik tizimi, kanalizatsiya, suv quvurlari, liftlar, elektr tarmoqlari bilan ta'minlanishi, sifati haqidagi barcha ma'lumotlar o‘rganilib Qurilish vazirligi inspeksiyasiga bu uyning qabul qilinishi yoki qilinmasligi haqida xulosa beriladi. Har bir xonadon o‘rganilib, qayerdadir kamchiliklar bo‘lsa aniqlanadi. Biz ham buni raqamlashtirish loyihasini ishlab chiqyapmiz. Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun», degan vazir.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Sohib Saifnazarov Zangiota tumanida yoz oylarida ichimlik suvi yetib bormasligi muammosi yuzasidan berilgan savolga javob qaytardi.
«Haqiqatan ham Zangiota tumanida ichimlik suvi bilan ta'minlanish masalasida muammo bor. Bu hududga «Musaffo obihayot» tashkiloti xizmat ko‘rsatadi. Bu muammoni yechish uchun o‘tgan yili ish boshladik: 2ta rezervuar hozir qo‘yilyapti. Yana 8 kilometrga yaqin suv tarmog‘i tortiladi.
2021 yilda yangi loyiha doirasida Zangiota va Qibray tumani hududlarining bir qismi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlanishini yanada yaxshilash maqsadida quvvati 100 ming kub metr bo‘lgan «Qodiriya» suv tozalash va ta'minlash inshooti rekonstruksiya qilinadi va 56 km magistral suv tarmog‘i quriladi», degan u Zangiota tumani Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi «Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv ta'minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish» loyihasiga kiritilgani borasidagi savolga javoban.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33
-
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
Jahon | 22:19
-
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

13:20 / 16.04.2025
1-2 qavatli uylar qurilishi bo‘yicha xususiy sektor nazorati o‘rnatiladi

21:16 / 26.03.2025
Ko‘p qavatli uylarni isitish yopiq tizimga o‘tadi. Bu qanday ishlaydi?

17:12 / 26.03.2025
Markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylar uchun lokal qozonxonalar quriladi

21:08 / 24.03.2025