Bola ösmirligida mustaqil qaror qabul qilişni örganmasa, katta hayotda ham uni kimdir boşqarişi kerak böladi
Ösmirlik yillari – ota-onalar uçun ham, bolalar uçun ham murakkab davr. Bu yoşda farzandlar öz fikrini eng töğri deb hisoblaşadi. Ota-onalar ham kiçkintoy deb hisoblab yurgan bolasining endi öz fikrini, öz qaraşlarini ayon qilişlarini qabul qilişlari qiyin böladi. Ayniqsa, faqat bolasining ğamida yaşaydigan onalarda bu jarayon qiyin keçadi. Bunda ular özlarini xuddi endi bolasiga keraksiz bölib qolganday his qilişlari mumkin.
Bolalar ham özlarini aqlan katta bölganday his qilişsa-da, moddiy va jismoniy jihatdan ota-onaga tobe bölib qolaveradi. Barça tuşunmovçiliklar şundan kelib çiqadi.

Ösmir bolalar uçun özidan boşqa hamma nohaq. Agar ota-onasi tomonidan uning fikri rad etilsa, bola bu fikrda yanayam qat'iylaşadi. Bunday vaziyatda ota-onalar uning fikrini hurmat qilişlarini sezdirişlari va şuning barobarida öylagan qarorlarining natijasi haqida maslahatlaşişlari kerak böladi. Bunda bolaga savollar beriş orqali uni öylaşga undab, töğri qaror çiqariş imkoniyatini beriş lozim.
Har bir ota-ona farzandini turli muammolardan himoya qilişni istaydi. Ammo ösmir yoşda bola öqişi, maktabi, baholari bilan boğliq qarorlar qilişi va şu qarorlarining natijasiga javob berişni örganadi. Şu joyda ularga erkinlik berilmasa, katta hayotda ham doimo ularni kimdir boşqarişi kerak böladi.
Ösmir noqobil döst tanlasa...
Bola döstga muhtoj. Bolani uyga qamaş yoki kim bilandir döstlaşişini taqiqlaş unda yanada katta qarşilik uyğotadi. Farzandi noqobil döst tanlagan ota-ona unga şunday boşqa bir jamoani yoki döstni taklif qilişi mumkin.
Masalan, bolaning birga öynaydigan döstlarini ota-onasi yoqtirmaydi. Uni öşa noqobil boladan ayiriş uçun, farzandingiz u bilan vaqt ötkazadigan paytni möljallab boşqa bir davrani – sport tögaragi, qöşimça maşğulot kabilarni taklif qilişi kerak. Bunda majburlaş yaramaydi, tanlaş imkoniyatini beriş kerak – şunda bola özi tanlov qilganday his qilişiga erişiş mumkin.
Har doim tarbiyada xotirjam iş tutiş kerak, şoşilmaslik kerak. Çunki bola hali özini qidiryapti – unga özligini topişiga imkon bergan ma'qul.












