«O‘zsuvta'minot» boshqaruv raisi sohadagi muammolarni ishchilarning maoshi kamligi bilan izohladi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari va «O‘zsuvta'minot» AJ boshqaruv raisi Sohib Saifnazarov suv ta'minoti tizimidagi asosiy muammolar xodimlar oyligining pastligi va o‘rta qatlamdagi kadrlar bilan bog‘liq ekanligini aytdi.

Vazir o‘rinbosari so‘nggi paytlarda sohada juda katta ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidlar ekan, shu paytga qadar bu tizim e'tiborsiz qolib ketganini aytib o‘tdi.
«Kommunal sohadagi eng kam ish haqi ayni shu suv ta'minoti tizimida ekanligini ko‘rish mumkin. Chunki tariflar juda past edi, endi asta-sekin ko‘taryapmiz, lekin shundayam boshqa davlatlar bilan solishtirganda bu tariflar ancha arzon. Bu sohada yaxshi mutaxassislar ishlashi uchun ularning maoshlarini ham yaxshi qilib berish kerak», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, malakali mutaxassislar tayyorlash uchun bir nechta OTMlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Tizim uchun mutaxassis tayyorlaydigan 3ta kollejlarda ham yetishib chiqayotgan kadrlar salohiyatiga e'tibor berilyapti. Lekin sohadagi asosiy muammo o‘rta qatlamda faoliyat ko‘rsatuvchi kadrlarda kelib chiqyapti.
2020 yilda Koreya davlati bilan kelishgan holda ushbu kadrlar salohiyatini va malakasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda suv akademiyasini ochish ko‘zda tutilgan. Ularga geoinformatsion tizim bilan ishlash, suv yo‘qotishlarni aniqlash kabi so‘nggi texnologiyalar qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘rgatiladi.
Shu bilan bir qatorda, Fransiyaning yirik kompaniyasi bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Sohib Saifnazarov tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarining sifatiga e'tibor qaratilishi lozimligini ta'kidladi.
«Mazkur kurslarda o‘qigan mutaxassislarga sertifikat beriladi. Sertifikatga ega bo‘lgan xodimlar maoshiga qo‘shimcha haq olishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa ularning ishga munosabatini o‘zgartiradi», dedi u.
Suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlari qurilishi bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi aytilgan edi.
Ma'lumot uchun 2021 yilda ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari tortish, suv obektlari qurish uchun 1,1 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Jahon | 19:32
-
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi
Jahon | 19:26
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

10:23 / 19.03.2025
715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suv yetib boradi

21:48 / 12.02.2025
“Aholini ichimlik suv bilan 100 foiz ta’minlash imkonsiz” – “O‘zsuvta’minot” AJ

17:35 / 12.02.2025