Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 2021 yilda 260 ta loyiha amalga oshiriladi. Buning uchun qancha mablag‘ kerak?
Qashqadaryo viloyatida 2021 yilda investitsiya dasturiga asosan budjet mablag‘lari hisobidan bir qator loyihalar amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Aytish mumkinki, Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha va infratuzilma obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha 2021 yilda investitsiya dasturiga asosan budjet tizimining budjet mablag‘lari hisobidan jami 260 ta muassasa va tashkilotda qurilish-ta'mirlash ishlari olib boriladi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun 954 898,6 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Xususan, muhim tarmoq bo‘lgan umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning viloyatdagi 93 tasida rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning uchun budjet mablag‘laridan 244 448 mln so‘m ajratilmoqda. 16 ta maktabgacha ta'lim muassasalariga 57 780 mln so‘m, 11 ta sog‘liqni saqlash muassasalariga 71 200 mln so‘m, 3 ta jismoniy tarbiya va sport obektlariga 9 879,3 mln so‘m va bitta madaniyat muassasasiga 8 000 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari, aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabi va kanalizatsiya tarmoqlari ta'minotini yaxshilash ham muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida viloyat bo‘yicha ichimlik suvi va kanalizatsiya ta'minotiga (113 km) 253 000 mln so‘m mablag‘ ajratish dasturga kiritildi. 4 ta umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llariga (58 km) 30 000 mln so‘m, 8 ta irrigatsiya obektlariga 64 710,1 mln so‘m, 9 ta melioratsiya obektlariga 12 989,7 mln so‘m, 22 ta ma'muriy va boshqa obektlarga 113 042,2 mln so‘m sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, 5 ta o‘rmon xo‘jaligi obektlariga 1800 mln so‘m, 3 ta huquqni muhofaza qilish obektlariga 12000 mln so‘m, 1 ta oliy ta'lim obektlariga 8000 mln so‘m sarflanadi.
67 ta (12,7 km), (210,4 p.m) shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va boshqa sun'iy obektlarga 38 699 mln so‘m, 11 ta (363,5 p.m) umumiy foydalanishdagi ko‘priklar va boshqa sun'iy obektlarga e'tibor qaratilyapti. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun budjet mablag‘laridan 28 850 mln so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi
17:50 / 16.06.2026