Jahon | 23:07 / 30.03.2021
3393
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada plyajlarda ham niqob taqish majburiy etib belgilandi

30 martdan boshlab fuqarolar ko‘cha, plyaj va boshqa ochiq maskanlarda hattoki ijtimoiy masofa saqlash imkoniyati bo‘lsa ham niqob taqib yurishga majbur.

Foto: Getty Images

Ispaniya hukumati mamlakatda niqob taqish rejimini kuchaytirdi, deb xabar bermoqda El Mundo nashri.

Gazetaning yozishicha, 30 martdan boshlab fuqarolar ko‘cha, plyaj va boshqa ochiq maskanlarda hattoki ijtimoiy masofa saqlash imkoniyati bo‘lsa ham niqob taqib yurishga majbur.

Ushbu talab olti yoshdan katta barchaga majburiydir.

Faqat nafas olish tizimida muammosi bor, niqob taqish mumkin bo‘lmagan bemorlar, uni boshqara olmaydigan nogironlar uchun hamda niqob taqish imkoni yo‘q holatlar bundan mustasno.

Ushbu talablar koronavirus infeksiyasining to‘rtinchi to‘lqinini kutish ortidan qabul qilingan qonunda aks etgan.

Ispaniyada koronavirus yuqtirish holatlari 3,2 milliondan oshgan, 73,1 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid