Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari belgilanadi
Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ga ko‘ra, ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator tashkiliy o‘zgartirishlar nazarda tutilgan.
Jamoat xavfsizligini ta'minlashning sifat jihatidan yangi tizimini, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish mo‘ljallanmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash;
patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash;
Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari va shaxsiy javobgarligini belgilash;
probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini joriy etgan holda probatsiya bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish.
Amalga oshirish shakli - O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi. Ijro muddati - 2021 yil 30 aprel, mas'ul ijrochilar - IIV (Bobojonov, Ikromov), Milliy gvardiya (Jo‘rayev), Bosh prokuratura (Valiyev).
Mavzuga oid
10:25 / 01.07.2026
Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
12:01 / 12.02.2026
Milliy gvardiyada ham bir guruh mulozimlar pensiyaga kuzatildi
15:23 / 28.01.2026