O‘zbekiston | 17:33 / 31.03.2021
4254
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka yana bir muntazam reys yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airways 22 apreldan boshlab haftaning payshanba kunlari Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni qayta joriy etadi.

Hozirgi kunda har yakshanba kunlari ushbu yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent – Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi xabar tayyorlangan vaqtda 6 million 401 ming so‘mdan, Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi esa 14 million 204 ming so‘mdan boshlanishi ko‘rsatilgan.

Avvalroq, Uzbekistan Airways may oyidan boshlab Toshkent – Riga – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha har hafta amalga oshiriladigan aviaqatnovlar qayta tiklanishini e'lon qilgandi.

1 apreldan boshlab haftada bir marta Moskva – Toshkent yo‘nalishida doimiy parvozlar  yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab aksariyat yo‘nalishlarda yuklar uchun alohida haq ola boshladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid