22:26 / 30.03.2021
2865
Uzbekistan Airways may oyidan Rigaga aviaqatnovlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways may oyidan boshlab Toshkent—Riga—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha har hafta amalga oshiriladigan aviaqatnovlar qayta tiklanishini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, Rigaga tashrif buyurishga faqat jiddiy sabablarga ko‘ra, xususan, ish, o‘qish, oilani birlashtirish, voyaga yetmagan bolalarni kuzatib borish, dafn marosimlarida qatnashish, tibbiy maqsadlarda va Latviyada yashash uchun ruxsatnoma mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi. Ushbu sabablardan biri covidpass.lv. saytida ko‘rsatilishi lozim.

Toshkent–Riga yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi xabar tayyorlangan vaqtda 4,6 million so‘mdan, Toshkent–Riga–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi esa 8,4 million so‘mdan boshlanishi ko‘rsatilgan.

Top