Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Farg‘onada tadbirkorlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da farg‘onalik tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, respublikadan kelgan tegishli vazirliklar, tashkilot va idoralar rahbarlari ham qatnashdi. Tadbirni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov olib bordi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish, asosan respublika miqyosidagi idoralarning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvini talab etadigan masalalarni hal qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 250 tadan ortiq murojaat kelib tushdi. Murojaatchilar, o‘z tadbirkorliklarini rivojlantirish uchun qonunchilikda mavjud ba'zi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosariga takliflarini bildirdi.
Uchrashuvda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ham ishtirok etib, soliq masalalariga oid muammosi bo‘lgan 20 nafarga yaqin tadbirkor bilan muloqot o‘tkazdi. Soliq qarzdorligi va QQS bilan bog‘liq tushuntirishlar berildi.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026