Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir kun ichida yuz bergan ikki otishmada olti kishi halok bo‘ldi
3 aprelga o‘tar kechasi AQShning ikki shtatida sodir bo‘lgan ikki otishma oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.
Shimoliy Karolinadagi Uilmington shahrida bazm vaqtida yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohatlandi, deb xabar berdi NBC.
"Uyda o‘tkazilayotgan bazm vaqtida yuz bergan otishma natijasida yetti kishiga o‘q tekkan, ularning uch nafari halok bo‘lgan", - dedi mahalliy politsiya vakili Donni Uilyams.
Voqea sabablari va gumondor shaxs aniqlanmoqda.
Merilend shtatidagi Prins-Jorjyes okrugi politsiyasi ham uch kishining halok bo‘lganini xabar qildi.
"Politsiya ofitserlari xizmat vaqtida o‘q ovozini eshitgan. Ofitserlar hududni tekshirib, avtomobil ichida ikki erkak va uning yonida bir ayol o‘qotar quroldan halok bo‘lganini ko‘rishgan", - deyiladi politsiya xabarida.
Avvalroq Vashingtonda noma'lum shaxs Kapitoliy binosi oldidagi to‘siqqa avtomobilda kelib urilgandi. Voqea joyida sodir bo‘lgan otishma oqibatida uch kishi jarohatlangan. Hujum uyushtirgan shaxs va bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026