Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jyenoa» «Fiorentina» bilan durang o‘ynadi. Eldor zaxiradan tushdi, Riberi A Seriyada ilk marta chetlatildi
A Seriya 29-turi doirasida «Jyenoa» o‘z maydonida «Fiorentina»ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Destro hisobni ochgan bo‘lsa, 23-daqiqaga kelib Vlaxovich o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi.
O‘yinning 51-daqiqasida florensiyaliklar yarimhimoyachisi Frank Riberi A Seriyada ilk marta qo‘polligi bilan maydondan chetlatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 83-daqiqada maydonga tushdi. Shunga qaramay, o‘yinda hisob o‘zgarmadi – 1:1.
Natijada «Jyenoa» 32 ochko bilan 13-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Fiorentina» 30 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.
A Seriya. 29-tur
Jyenoa – Fiorentina 1:1
Gollar: 1:0 – 13 Destro, 1:1 – 23 Vlaxovich.
Jyenoa – Perin, Biraski (Zayts, 62), Masello, Krishito, Dzappakosta, Strotman (Melegoni, 83), Radovanovich, Badel, Bexrami (Gilone, 70), Destro (Pyatsa, 70), Skamakka (Eldor Shomurodov, 83).
Fiorentina – Drongovski, Petsselya, Martines, Kaseres (Biragi, 71), Venuti, Pulgar, Bonaventura (Esserik, 71), Riberi, Kastrovilli (Kalexon, 83), Milenkovich, Vlaxovich.
Chetlatish: Riberi (51).
Mavzuga oid
08:10 / 01.08.2023
SportItalia: A Seriya klubi Otabek Shukurovga qiziqmoqda
17:15 / 15.01.2022
«Jyenoa» Andrey Shevchenko iste’foga chiqarilganini e’lon qildi
14:23 / 20.11.2021
«Chelsi» va «Liverpul» uchun jiddiy sinov, Xavida debyut, «Inter» - «Napoli», Shomurodov «Jyenoa»ga qarshi. Hafta o‘yinlari anonsi
20:30 / 07.11.2021