Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning neft va gaz zaxiralari necha yilga yetishi ma'lum qilindi
O‘tgan yili «Gazprom neft» kompaniyasining strategiya va innovatsiya departamenti boshlig‘i Sergey Vakulenko Rossiyadagi neft zaxiralari 30 yilga yetishini aytgandi.
Rossiyadagi neft zaxiralari amaldagi texnologiyalar bilan 58 yilga yetadi, dedi tabiat resurslari va ekologiya vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kiselyov «Rossiyskaya gazeta» nashriga bergan intervyusida.
«Ular ichidan rentabellilari 19 yilga yetadi. Ammo bu shartli ko‘rsatkich. Texnologiyalar rivojlanishi bilan bu chegara uzayib boradi», — dedi u.
Kiselyovning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot qanday rivojlanishidan qat'i nazar, gaz zaxiralari 60 yildan uzoqroqqa yetadi.
O‘tgan yili «Gazprom neft» kompaniyasining strategiya va innovatsiya departamenti boshlig‘i Sergey Vakulenko Rossiyadagi neft zaxiralari 30 yilga yetishini aytgandi.
Hisob palatasining ma'lumot berishicha, hozirda foydalanilayotgan konlardagi neft yana 35 yil, gaz esa 50 yildan ortiqroq vaqt qazib olishga yetadi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
18:41 / 23.06.2026