Jamiyat | 14:07 / 03.04.2021
7153
1 daqiqa o‘qiladi

«Savat to‘qishni 3 kunda o‘rganib olsa bo‘ladi» - kosonsoylik hunarmandlar oilasida

Kosonsoylik Azimovlar oilasi 24 yildan beri savat to‘qiydi. Oila bekasi Sohiba Karimova bu hunarni qayin og‘asidan o‘rgangan.

Hunarmandning aytishicha, savatlar devorgul novdalaridan to‘qiladi. Dastlab novdalar katta qozonda 2 soat qaynatib pishirib olinadi. Keyin po‘sti olinib, to‘qish uchun hozirlanadi.

«Kelin-qizlarim bilan birga 20 turga yaqin savat to‘qiymiz, asosiy daromadimiz ham shu hunar ortidan keladi. Bir bog‘ novdadan o‘rtacha 2-3 ta savat tayyorlanadi. Katta savatlardan bir kunda 10 ta ham to‘qiymiz, kichkinalarini 20 ta, 30 ta to‘qiymiz», – deydi u.

Sohiba opa 100 ga yaqin shogird chiqargan. Mahalladoshlaridan ko‘pi shu hunarni egallagan.

«Astoydil qunt qilgan odam 3 kunda ham o‘rganib olishi mumkin, zehniga qarab. Kelinlarim mening to‘qishimga qarab o‘rganib olgan», – deydi Sohibi opa.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid