Jumladan, Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvçi şaxs davlat reyestridan ötmagan, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilmagan, Xindiston davlatida işlab çiqarilgan 2100 dona qutidagi “Ferromed” nomli dori vositasini “şartli” xaridorga 168 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaşaş xonadonidan ham 4296 qutidagi “Ferromed” dori vositasi olindi.

Baholaş hisobotiga köra, jami 6396 qutidagi dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 223 mln sömni taşkil etadi.

Hozirda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan şahrida qayd etilgan holatda dori vositalari ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi MÇJ ombor mudiri va uning 2 nafar tanişiga qaraşli 3 ta noturar bino közdan keçirildi.

Natijada, tegişli hujjatlari bölmagan, taxminiy qiymati 12,8 mlrd sömdan ortiq, 2307 turdagi, jami 195 323 dona kontrafakt dori vositalari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilib olindi.

Hozirda uşbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarşunoslik ekspertizalari tayinlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boşqa holatda esa Namangan şahri va Uyçi tumanidagi 2 ta “yaşirin ombor”dan xorijda işlab çiqarilgan, taxminiy qiymati 1,2 mlrd sömlik, 128 turdagi jami 45 641 dona dori vositalari protsessual tartibda rasmiylaştirilib olindi.

Sifat sertifikatlariga ega bölmagan uşbu dori vositalarining ayrimlarining yaroqlilik muddati ötgan. Hozirda uşbu dori vositalari ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.