Şveytsariya deganda köpçilik köz oldida gözal tabiat manzaralari, sölim göşa va işonçli hamda mustahkam bank tizimiga ega mamlakat gavdalanadi. Kun.uz’ning «Xorijdagi özbeklar» rukni va Uzbek.Life loyihasining bu galgi mehmoni uşbu davlat universitetida magistraturada öqib kelayotgan özbekistonlik Jaloliddin Xuşvaqtov böldi.

— Suhbatimiz boşida özingiz haqingizda gapirib bersangiz? Hozirda qaysi universitetda ta'lim olyapsiz?

— Men töğrisöz, e'tiqodli, örtamiyona ziyolilar oilasida ulğaygan oddiy bir özbek yigitiman. Hozirda Şveytsariyaning Jyeneva universiteti magistraturasida tahsil olaman.

Otam şifokor, onam öqituvçi bölib işlaydi. Özlarining ilmiy iş bilan şuğullanişga imkoniyati bölmagan, şu sababli bizning öqişimiz uçun doimo şaroit yaratib berişga harakat qilişadi va qöllab-quvvatlaşadi.

Özbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetida bakalavr tahsilini olganman. Öqiş davomida bir neça xalqaro va respublika fan olimpiadalari ğolibi bölganman. Keyinçalik, Karimov fondi orqali Şveytsariyaning Jyeneva universiteti magistraturasida öqişni davom ettiriş imkoniyatini qölga kiritdim.

Şu örinda ta'kidlab ötişim kerakki, Karimov fondi – bu şunçaki bizning xarajatlarimiznigina moliyalaştiradigan taşkilot emas, balki har qanday şaroitda qöllab-quvvatlaşga tayyor ikkinçi oilamiz, deb bilaman.

Hozirda, ZHAW (Zurich University of Applied Science)da işlatilgan qahva qoldiqlarini oziq-ovqat sohasida qöllaş ustida magistrlik ilmiy işimni olib boryapman.

— U yerdagi ta'lim jarayonlari Özbekistondan nimasi bilan farq qiladi? Şveytsariya ta'limining sizga yoqqan jihatlari?

— Töğrisi, men ta'lim sohasida mutaxassis emasman va Özbekistonda ta'lim sohasida olib borilayotgan özgarişlarning barçasini kuzatib boraman, deb ham ayta olmayman, lekin özim misolimda savolingizga javob berişga harakat qilib köraman.

Çetdan yuzaki qaraganda köp farq yöqqa öxşaydi, öşa parta, öşa stol va dars ötiş — hammasi deyarli bir xildek. Holat özgarmagandek, lekin munosabat butunlay boşqaça. Darslar ikki tomonlama manfaat ustiga qurilgan: professor özi tadqiqot olib borayotgan sohadagi sönggi bilimlarini ulaşib zavqlansa, talaba yuqori malakali kadr böliş uçun öz ustida işlaydi.