Maqolada Surxondaryo boy turistik salohiyatga ega viloyat ekani, hududdagi imkoniyatlardan samarali foydalaniş maqsadida endilikda mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun yangi turistik markazlar bunyod etilayotgani bayon etilgan.
"Özbekiston prezidentining 2024 yil 16 dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining toğli-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxşilaş hamda zamonaviy xizmat körsatiş va turizm obektlarini barpo etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori bu işlar kölamini yanada kengaytirişda dasturilamal bölmoqda. Mazkur hujjat doirasida Boysun tumanidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bölgan yer uçastkasida "Omonxona", Sariosiyo tumanidagi umumiy maydoni 615 gektar bölgan yer uçastkasida "Sangardak", Jarqörğon tumanidagi "Oqtepa" suv omborining qirğoq böyi hududidagi 110 gektar yerda "Obihayot" turistik markazlari barpo etilyapti", – deb yozilgan materialda.
Şuningdek, naşrda vohada bunyod etilayotgan uçta yangi turistik markaz ham toğli va toğ oldi hududlarining mavjud sayyohlik salohiyatidan samarali foydalaniş va yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qilişi ta’kidlangan.
"Masalan, toğlar qöynida qad rostlayotgan "Omonxona" turizm markazida 26 ta inşoot bunyod etilayotir. Markaz 11 ta mehmonxona, uy mehmonxonalari, restoran, kafe, savdo dökonlari, oşxonalar va boşqa majmualarni öz içiga oladi. Bularning barçasi Janubdagi vohaning boy turistik imkoniyatidan oqilona foydalaniş orqali, Özbekistonning jozibador sayyohlik salohiyatini dunyoga keng tarannum etiş va odamlarning turmuş farovonligini oşirişga xizmat qiladi", – deya qayd etilgan maqolada.

















