Rossiya tahdidi ostida Fransiya öz armiyasini qayta qurollantiriş sur’atlarini tezlaştirişga qaror qildi va şu maqsadda mudofaa uçun muddatidan oldin qöşimça milliardlab yevro ajratmoqda. Bu haqda 13 iyul, yakşanba kuni mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, 2026 yilda Parijda mudofaa uçun qöşimça xarajatlar hajmi 3,5 milliard yevroni, 2027 yilda esa 3 milliard yevroni taşkil qiladi.

«Şunday qilib, 2027 yilda biz mudofaa uçun 64 milliard yevro sarflaymiz. Bu 2017 yilda qurolli kuçlarga mudofaa uçun ajratilgan budjetdan ikki baravar köp», dedi Makron 14 iyulda nişonlanadigan Fransiya milliy bayrami — Bastiliyani egallaş kuni arafasida qurolli kuçlarga qilgan an’anaviy murojaati çoğida. 

«1945 yilda Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri erkinlikka heç qaçon bunçalik tahdid bölmagan», — deya ta’kidladi Emmanuel Makron Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqida gapirar ekan. «Qit’amizdagi tinçlik heç qaçon bizning hozirgi qarorlarimizga bu qadar boğliq bölmagan». Fransiya prezidentining sözlariga köra, tahdidlarga qarşi tura oliş uçun Fransiya öq-dorilar, dronlar, havo mudofaasi, şuningdek, elektron uruş va kosmik qurol tizimlariga köproq sarmoya kiritişi kerak. 

Makron Yevropa davlatlari mudofaa masalasini öz qöliga olişi va qurol-yaroğga birgalikda sarmoya kiritişi kerakligi haqidagi fikrni takrorladi.