Rossiyaning Ukrainadagi uruşi buriliş nuqtasiga yaqinlaşmoqda: Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokaraga köndirmoqçi bölgan AQŞ prezidenti Donald Tramp oylar davomida oçib qöygan eşik tez orada yopiladi. Bu haqda 13 iyul, yakşanba kuni AQŞ Senatining Budjet qömitasi raisi, respublikaçi Lindsi Grem CBS News telekanalidagi Face the Nation with Margaret Brennan  dasturida aytib ötdi.

Grem eslatişiça, AQŞ Senatining 85 ga yaqin a’zosi Trampga nafaqat Rossiya iqtisodiyotiga, balki «Putinning uruş maşinasini qöllab-quvvatlovçi» barça mamlakatlarga zarba berişga yordam qiladigan sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasi uçun ovoz berişga tayyor. Nufuzli senatorning sözlariga köra, uşbu sanksiyalar paketi AQŞ prezidenti Donald Trampga «Rossiyaga yordam beradigan va Putinning uruş maşinasini qöllab-quvvatlovçi har qanday davlatga 500 foizlik bojlar joriy etiş» imkoniyatini yaratadi.

«U (Donald Tramp) tariflarni kötarişi yoki tuşirişi mumkin. U tariflarni 0 foizdan 500 foizgaça belgilaşi mumkin. U maksimal moslaşuvçanlikka ega. Lekin biz Putinni qöllab-quvvatlovçi odamlarning orqasidan boramiz va Rossiyaning öziga qöşimça sanksiyalar kiritamiz. Bu haqiqatan ham prezident Tramp bu uruşni tugatiş uçun uning ixtiyorida bölgan vosita», — deya tuşuntirdi Lindsi Grem.

«Yaqin kunlarda siz Ukrainaga özini himoya qilişga yordam beradigan misli körilmagan darajada qurol yetkazib berilişini körasiz, deb umid qilaman. Kelgusi kunlarda prezident Tramp ixtiyorida ilgari heç qaçon bölmagan tariflar va sanksiyalar böladi. Yaqin kunlarda Ukrainaga yordam beriş böyiça sa’y-harakatlar böyiça Yevropadan köproq qöllab-quvvatlaş kutaman», — deya ta’kidladi u öşa intervyusida.