Isroil va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanadigan, hozirda Ğazoda faoliyat yuritayotgan bahsli insonparvarlik taşkiloti — Ğazo insonparvarlik fondi (Gaza Humanitarian Foundation) — rasman tugatilmoqda. Bu haqda 2 iyul kuni Şveytsariyaning jamoat teleradiokompaniyasiga tayanib Anadolu naşri xabar bermoqda.

Şveytsariya Federal Fondlar nazorati boşqarmasi (ASF) GHFʼni yopiş töğrisida qaror çiqargan. Çunki fond Şveytsariyada vakilga ham, rasmiy manzilga ham ega emas. Ular bu muammoni bartaraf etiş uçun esa heç qanday çora körmagan. Şveytsariya Içki işlar vazirligi bu qarorni tasdiqladi.

Iyunning boşida Şveytsariya taşqi işlar vazirligi GHFʼning Jyenevadagi bahsli bölimi «faolsiz» va «huquqiy talablarga javob bermaydi» deya berilgan bahoni tasdiqlagan edi.

Uşbu mojaro ortidan GHFʼning Şveytsariyadagi direktori iste’foga çiqqan edi. Ayni vaqtda Şveytsariyadagi TRIAL International nohukumat taşkiloti federal hokimiyatga ikkita şikoyat arizasi topşirdi va fond faoliyati şaffofligi böyiça tergov talab qilmoqda.

Taşkilot GHF faoliyati nafaqat qonunga zid, balki «Şveytsariyaning xalqaro obrösiga xavf soladigan darajada xavfli bölişi mumkin», deya ta’kidladi.

Ğazo insonparvarlik fondi Reuters’ga bergan bayonotida Şveytsariyada faoliyat boşlamaslik haqida strategik qaror qabul qilganini va hozirda uşbu mamlakatda röyxatga olingan tuzilmasini tugatiş ustida işlayotganini bildirdi.

GHF – bu qanday taşkilot?

Isroil va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlangan uşbu bahsli gumanitar taşkilot – Gaza Humanitarian Foundation AQŞning Delaver ştatida röyxatdan ötgan bölib, joriy yil 12 fevral kuni Jyenevada filial oçgan edi.

Uning maqsadi BMT orqali emas, balki töğridan töğri Ğazoga oziq-ovqat yetkazişni muvofiqlaştiriş bölgan.

GHF mexanizmi xalqaro hamjamiyat va BMT tomonidan keskin qoralanib, tanqid ostiga olinib kelayotgan edi. Bu tanqidlarga sabab — yordam tarqatiş paytida sodir bölgan tartibsizliklar va yuzlab falastinliklarning halok bölişi böldi. GHFʼning bunday harakatlari köp hollarda oç-nahor falastinliklar uçun «ölim tuzoği» deb nomlandi.

Foto: AFP via Getty Images

Falastinning BMTdagi elçisi Riyod Mansur Isroil bu taşkilot orqali «yordamni uruş quroliga aylantirayotganini» aytgan edi. Şuningdek, taşkilot Ğazodagi uruşda betaraflik prinsiplariga amal qilmaslikda ayblanmoqda.

Ğazodagi tibbiy idoralar ma’lumotiga köra, GHF faoliyat boşlaganidan beri yordam tarqatiş markazlari yoki ularning yaqinidagi yöllarda Isroil kuçlari tomonidan qöriqlanuvçi hududlarda 600 ga yaqin odam halok bölgan.

Isroil OAVlariga köra, Tsaxal duşanba kuni bergan bayonotida ba’zi falastinlik tinç aholi vakillari yordam markazlari yaqinida öldirilganini tan oldi. Armiyaga «olingan saboqlar» asosida yangi körsatmalar berilgani bildirildi.

GHF esa beş hafta içida muhtoj falastinliklarga 52 million hissadan ortiq ovqat ulaşganini ma’lum qilgan. Taşkilotning aytişiça, boşqa humanitar guruhlar yordamlarining deyarli barçasi talon-toroj qilingan.

Isroil — Hamas oziq-ovqat ustidan nazorat qilmasligi uçun, GHFʼni qöllab-quvvatlaydi. BMT va yirik humanitar taşkilotlar esa GHF bilan hamkorlik qilişdan boş tortgan, çunki bu jamğarma Isroil harbiy maqsadlariga xizmat qilişi haqida şubhalar bor.