Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet el banki birinchi marta «Xalq banki»ga so‘mda qarz beradi
Rossiyaning «Sovkombank» banki «Xalq banki» bilan 40 million dollar ekvivalentidagi 418,9 milliard so‘m miqdorida O‘zbekiston milliy valutasida kredit berish to‘g‘risida 4 yillik kredit shartnomasini imzoladi.
Hujjatni «Sovkombank» boshqaruvi raisi Dmitriy Gusev va O‘zbekiston «Xalq banki» boshqaruvi raisi Farhod Salomov imzoladi.
Tegishli hujjatni imzolash marosimi 6 aprel kuni «Innoprom» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi. 5-7 aprel kunlari Toshkentda «Innoprom. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi» bo‘lib o‘tmoqda.
«Sovkombank» 1,5 trln rubllik aktivlarga ega universal bank hisoblanadi. Bankda 17 ming xodim Rossiya Federatsiyasining 988ta aholi punktida joylashgan 2334ta filial va mini-ofislarda ishlaydi. Bankning xalqaro miqyosdagi kredit reytinglari: «VV», «ijobiy» prognoz (Standard&Poor’s), «Va1», «barqaror» prognoz (Moody’s), «VB+», «barqaror» prognoz (Fitch Ratings).
Mavzuga oid
09:58
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
08:58
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026