Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya va Sharqiy Timordagi yomon ob-havo 100 dan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Ikki qo‘shni davlat - Indoneziya va Sharqiy Timorda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar va ko‘chkilar 113 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Indoneziyaning janubiy qismida tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 86 kishiga yetgan, yana 71 kishi bedarak yo‘qolgan. Umumiy hisobda tabiiy ofatdan 30 ming indoneziyalik jabr ko‘rgan.
Bundan tashqari, tabiiy ofat hududida 5ta ko‘prik qulab tushgan va ko‘plab yo‘llar qo‘porilib tushgan daraxtlar bilan to‘silib qolgan. Bu esa qutqaruv amaliyotini o‘tkazishni qiyinlashtirmoqda.
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo jabrlanganlarga o‘z hamdardligini bildirgan va aholiga yomon ob-havo sharoitlarida rasmiy shaxslar ko‘rsatmalariga amal qilishni tavsiya qilgan.
Tabiiy ofat, shuningdek, qo‘shni Sharqiy Timorda 27 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. 7 mingga yaqin odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Ikki davlat hududidagi toshqinlar 4 aprelga o‘tar kechasi boshlangan. Uning oqibatida yuzlab uylar suv stida qolgan.
Prognozlarga ko‘ra, yaqin kunlarda yog‘ingarchilik va shamol yanada kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
09:42 / 28.02.2026
2–6 mart: tog‘li hududlarda sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026