Jahon | 20:49 / 07.04.2021
2654
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh BMT orqali Falastinga 150 mln dollar beradi

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp Falastinga yordam berishni to‘xtatib qo‘ygandi. Amerikaning hozirgi hukumati uning bu qarorini bekor qilish niyatida.

Foto: AP Photo

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Falastinga 150 mln dollarlik yordam paketini taqdim etmoqchi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp Falastinga yordam berishni to‘xtatib qo‘ygandi. Amerikaning hozirgi hukumati uning bu qarorini bekor qilish niyatida.

Xabarda aytilishicha, davlat departamenti chorshanba kuni BMTning Yaqin Sharqdagi agentligi orqali falastinliklarga 150 mln dollar miqdorida yordam taqdim etilishi haqida e'lon qilishi kutilmoqda.

Avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild Qo‘shma Shtatlar Falastinga 15 mln dollar miqdorida insonparvarlik yordami jo‘natishini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ koronavirusdan davolanayotgan bemorlar yotgan shifoxonalar, qashshoq oilalar hamda oziq-ovqat dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid