Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pepsi bilan birgalikda Boxing Night – bahor mavsumining asosiy tadbirining eng yorqin onlari!
3 aprel kuni Pepsi ko‘magida keng ko‘lamli tadbir – Humo Arenada professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Yurtimiz va xorijning millionlab ishqibozlari yana bir bora o‘zining chempionlik maqomini himoya qilgan o‘zbek bokschilarining mutlaq g‘alabasiga guvoh bo‘ldilar.
Oqshom boshlanishida sportchimiz Iqboljon Xoldorov o‘zining tanzaniyalik raqibi Kulva Bushirini birinchi raundning o‘zida nokaut qildi.

Bundan so‘ng, ilk bora o‘z Vatanida ringga tushayotgan barcha bokschilarimiz ketma-ket kuchli raqiblari ustidan g‘alaba qozondilar.

Shahram G‘iyosov va Patrisio Lopes Moreno o‘rtasidagi uchrashuv juda qiziqarli kechdi. Yurtdoshimiz birinchi yarim o‘rta vaznda WBA International maqomini himoya qilishi kerak edi va beshinchi raundda uning meksikalik raqibi nokaut bo‘ldi.

Oqshom yarim yengil vaznda WBA va IBF maqomlari uchun Murodjon Ahmadaliyev va Ryosuke Ivasa o‘rtasidagi uzoq kutilgan bahs bilan yakunlandi. Yurtdoshimiz Yaponiyadan kelgan raqibini nokaut qilib, g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, o‘zbek bokschilari quyidagi natijalarni ko‘rsatdi:
- Iqboljon Xoldorov – Kulva Bushiri (Tanzaniya) – nokaut;
- Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina) – mutlaq afzallik;
- Mirazizbek Mirzaxalilov – Tasha Mjuaji (Tanzaniya) – nokaut;
- Hasanboy Dusmatov – Muxsin Kizota (Tanzaniya) – nokaut;
- Bahodir Jalolov – Kristaps Zuits (Latviya) – nokaut;
- Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo) – mutlaq afzallik;
- Shahram G‘iyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika) – nokaut;
- Murodjon Ahmadaliyev – Ryosuke Ivasa (Yaponiya) – nokaut.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:17 / 20.06.2026
“349 voqeasi” yoxud Pepsi tarixidagi eng qimmat marketing xatosi
15:00 / 12.06.2026
Pepsi “12-o‘yinchi” loyihasini taqdim etadi: futbol kampaniyasi qanday qilib milliy harakatga aylanmoqda?
12:00 / 26.05.2026
2187 ta lavash-doner, 12 648 ta somsa va 1135 kilolik lag‘mon: Pepsi Lazzatli Fest'da rekord o‘rnatildi
19:00 / 24.09.2025