Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya banki O‘zbekiston kompaniyalari bilan 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Ma'lumot berilishicha, 2019 yildan 2020 yilgacha PSB ishtirokida sindikatlar orqali O‘zbekiston bank tizimiga 254 mln yevro va 76 mln dollar jalb etilgan.
Foto: Shutterstock
Rossiyaning «Promsvyazbank» (PSB) banki O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Bu haqda bankning xalqaro mijozlar bilan biznesni rivojlantirish departamenti direktori Vladimir Metelskiy ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, PSB hozirgacha o‘zbekistonlik hamkorlar bilan 500 mln dollarlikdan ortiq loyihalarni amalga oshirdi.
«2021 yil yakunlari bo‘yicha bu raqamni 1 mlrd dollargacha yetkazishni ko‘zlaganmiz. Bunga O‘zbekiston moliya institutlari bilan biznesni intensifikatsiya qilish hamda tog‘-kon, neft-gaz va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya, telekommunikatsiya, transport tashuvlari va mashinasozlik kabi sohalardagi yirik o‘zbek korxonalarini kreditlash hisobiga erishamiz», – dedi u.
Metelskiyning ta'kidlashicha, PSB ayniqsa Rossiya korxonalari ishtirok etadigan hamda Rossiya qurilma va texnologiyalari yetkazib beriladigan loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot berilishicha, 2019 yildan 2020 yilgacha PSB ishtirokida sindikatlar orqali O‘zbekiston bank tizimiga 254 mln yevro va 76 mln dollar jalb etilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
09:43 / 15.04.2026