Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyning superkompyuterlarga aloqador kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Ta'kidlanishicha, sanksiyalar kiritilgan tashkilotlar Xitoy xalq ozodlik armiyasiga sun'iy yo‘ldosh orqali yuboriladigan xabarlarni tutish uchun kodlarni buzishda yordam beradi.
Xitoyning yettita kompaniya va laboratoriyasi AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda AQSh savdo vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu tashkilotlar Xitoy qurolli kuchlari uchun superkompyuterlar ishlab chiqarilishiga aloqador.
«Bunday kompyuterlardan ko‘pincha fuqaroviy maqsadlarda foydalaniladi, ammo ular yadro qurollari, kiberqurollar, raketa va hatto hipertovushli qurol ishlab chiqishda ham muhim hisoblanadi», – dedi AQSh savdo vazirligi vakili.
Sanksiyalar yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi Tianjin Phytium Information Technology (Phytium), Shanghai High-Performance Integrated Circuit Design Center va Sunway Microelectronics kompaniyalariga qarshi joriy etildi. Shuningdek, Tszinan va Shenchjen shaharlari, Usi va Chjenchjou shahar okruglaridagi superkompyuterlardan foydalanuvchi hisoblash markazlari ham qora ro‘yxatga kiritildi.
«Bu tuzilmalar milliy manfaatlarimizga zid tarzda faoliyat ko‘rsatadi», – dedi savdo vazirligi vakili.
AQShning ta'kidlashicha, sanksiyalar kiritilgan tashkilotlar Xitoy xalq ozodlik armiyasiga sun'iy yo‘ldosh orqali yuboriladigan xabarlarni tutish uchun kodlarni buzishda yordam beradi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026