Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘zini «vazirlikda ishlashini» aytib tadbirkorga yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida o‘zini «vazirlikda ishlashini» aytib tadbirkorga tuman markazidan yer olib berish evaziga pul olgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi, DXX va IIB bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazgan. Tadbirda, o‘zini «vazirlikda ishlashini» aytib shu tumanda faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirib, unga biznesini rivojlantirish uchun tuman markazidan yer olib bermoqchi bo‘lgan fuqaro Z.A. ushlangan.
Qayd etilishicha, «Vazirlik xodimi» o‘z xizmati uchun tadbirkordan 8 million so‘m va 1 000 AQSh dollari so‘ragan. Mazkur shaxsning harakatlaridan shubhalangan tadbirkor bu haqda huquqni himoya qilish organlariga xabar bergan.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida o‘zini vazirlik xodimi deb tanishtirgan fuqaro tadbirkordan pullarni olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:20 / 27.06.2026
Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026