Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi tomonidan DXX vakillari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda qimmatbaho toşlar va noyob tarixiy kitoblarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Denov tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan şaxslardan biri 17 gramm oğirlikdagi qimmatbaho yoqut toşini 23 ming AQŞ dollariga hamda XII—XIV asrlarga mansub qadimiy kitobni 20 ming dollarga pullaşga uringan vaqtida qölga olindi.
Şundan söng uşbu şaxsning yaşaş xonadoni belgilangan tartibda közdan keçirilganda, teriga işlangan va taxminan XIV asrga mansub tarixiy qölyozma kitoblar saqlanayotgani ma'lum böldi. Xonadon egasi tomonidan uşbu kitoblarning bahosi 60 ming AQŞ dollari ekani ma'lum qilindi. Bundan taşqari, uning yonidan ham qiymati 20 ming dollarga teng 37 gramm oğirlikdagi zumrad toşi topilgan.
Şuningdek, uşbu şaxs boşqaruvidagi «Captiva» rusumli avtomaşinada yana bir noyob kitob borligi aniqlandi. Temuriylar saltanati davrida çop qilingan mazkur kitobning sahifalari misdan işlangan bölib, yozuvlari öyib tuşirilgan. Kitobning qiymati 200 ming AQŞ dollari ekani ma'lum böldi.
Mazkur holatda olib qolingan qimmatbaho toşlar va qadimiy kitoblarning qiymati 3 milliard 400 million 570 ming sömni taşkil qilmoqda.
Davlat bojxona qömitasining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, qadimiy kitoblar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaga topşirilgan.
Şuningdek, qadimiy tangalarni bojxona postidan noqonuniy olib ötişga uriniş holati Qoraqalpoğistonda ham aniqlandi.
Ma'lum qilinişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi «Dovutota» çegara bojxona postidan harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalaridan birini bojxona körigidan ötkaziş davomida haydovçi madaniy boyliklar, numizmatika aşyolarini bojxona nazoratidan yaşirinça olib çiqişga uringani aniqlangan.
Mazkur holatda töxtatib qolingan 131 dona tanga ötgan asrning turli davrlarida dunyoning 30ga yaqin davlatida zarb qilingan bölib, şulardan 33tasi tarixiy ahamiyat kasb etadi. Numizmatika aşyolaridan taşqari uşbu şaxs 7 dona qölda töqilgan jun gilam va haykalçalar (madaniy boyliklar)ni olib çiqayotgan vaqtida töxtatib qolindi.
Avvalroq «Matiz»ga yaşirilgan 3 kg 928 gr oğirlikdagi «opiy» hamda 2 kg 873 gr oğirlikdagi «gaşiş» giyohvandlik vositalari foş etilgani xabar qilingan edi.










