Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yadroviy kelishuvga zid holda kiritilgan Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga tayyorligini bildirdi
Davlat departamenti vakili AQSh Tehronga nisbatan terrorchilik faoliyati, inson huquqlarining buzilishi va Amerika saylovlariga aralashishi sababli kiritilgan sanksiyalarni bekor qilmasligini aytdi.
AQSh yadroviy kelishuvga zid holda kiritilgan Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili ma'lum qildi.
«Bizning pozitsiyamiz shunday: yadroviy kelishuvga zid bo‘lgan barcha sanksiyalarni bekor qilishga tayyormiz. Ammo bu barcha sanksiyalar bekor qilinishini anglatmaydi, chunki ayrim sanksiyalar asosli», — dedi diplomat.
U AQSh Tehronga nisbatan terrorchilik faoliyati, inson huquqlarining buzilishi va Amerika saylovlariga aralashishi sababli kiritilgan sanksiyalarni bekor qilmasligini aytdi. Yadroviy kelishuvga zid bo‘lgan boshqa barcha sanksiyalar esa agar Tehron yadroviy kelishuvga amal qiladigan bo‘lsa, bekor qilinadi.
Agarda Tehron 2017 yilda kiritilgan barcha sanksiyalar bekor qilinishini kutadigan bo‘lsa, yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolishi mumkin, dedi davlat departamenti vakili.
6—9 aprel kunlari Venada Eron va xalqaro vositachilar «beshligi» (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya) o‘rtasida yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026