Jahon | 21:38 / 10.04.2021
9422
1 daqiqa o‘qiladi

Forbes Durovni BAA milliarderlari ro‘yxatidan olib tashladi

Pavel Durov rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘ringa joylashdi.

Foto: Albert Gea / Reuters

Forbes jurnali «VKontakte» va Telegram asoschisi Pavel Durovni Birlashgan Arab Amirliklari milliarderlari ro‘yxatidan olib tashladi. Endilikda Durov eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida qayd etildi.

U shu haftada 17,2 mlrd dollar boyligi bilan BAAning eng boy kishisi deb qayd etilgandi.

Durov rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘ringa joylashdi.

Eng boy rossiyaliklar reytingida «Severstal» rahbari Aleksey Mordashov turibdi (29,1 mlrd dollar).

Pavel Durov dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 112-o‘rinni egallagan.

U Dubayga 2017 yilda ko‘chib o‘tgandi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, uning bu qarorga kelishiga Dubai Media City erkin iqtisodiy hududida soliqlarning yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid