«VKontakte» ijtimoiy tarmoği va Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov Forbes reytingida Birlaşgan Arab Amirliklarining eng boy milliarderlari orasida yetakçi böldi.
Durovning boyligi 17,2 mlrd dollar deb baholanmoqda, bu 2020 yildagiga qaraganda 13,8 mlrd dollarga köpdir.
BAAning eng boy insonlari reytingida ikkinçi örinda LuLu Group International kompaniyasi savdo tarmoqlari egasi Yusuffa Ali turibdi. Hindistonlik milliarderning boyligi 4,8 mlrd dollarga teng.
Durov Dubayga köçib ötişi haqida 2017 yilda ma'lum qilgandi.
Uning sözlariga köra, bu qarorga kelişiga Dubai Media City erkin iqtisodiy hududida soliqlarning yöqligi sabab bölgan.
Agar Durov rossiyalik milliarderlar röyxatiga kiritilganida 9-öringa — «Yevroxim» egasi Andrey Melniçenko (17,9 mlrd dollar) va Suleyman Kerimov (15,8 mlrd dollar) orasiga joylaşgan bölardi.
Avvalroq Forbes dunyoning eng boy milliarderlari röyxatini e'lon qilgandi.












