O‘zbekiston | 10:08 / 12.04.2021
18598
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni tuzalganlar sonidan yuqoriligicha qolmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan 229 nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolayotgani, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashayotgani haqida xabar berdi.
O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 183 nafar bemor tuzalib, 192ta yangi kasallanish holati aniqlandi, ayni vaqtda 1500dan ortiq bemor tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.
«2021 yil 11 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85114 (+192) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 24 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 10 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 15 nafari Toshkent viloyatida,
- 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 6 nafar,
- Samarqand viloyatida 16 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
- Toshkent viloyatida 18 nafar,
- Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82943 (+183) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1537 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022