Jahon | 10:07 / 14.04.2021
7933
2 daqiqa o‘qiladi

Pxenyan Seulni Shimoliy Koreyaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi  

Foto: wsj.com

Janubiy Koreyaning yangi hujumkor vertolyotlar sotib olishi va esminetslar qurishi Seul tomonidan Shimoliy Koreyaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rish belgilari hisoblanadi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Meari tashviqot sayti ma'lum qildi.  

Mart oyida Janubiy Koreya o‘z mudofaasini mustahkamlash maqsadida 36ta jangovar vertolyot sotib olishi va Aegis tizimi bilan jihozlanadigan keyingi avloddagi esminetslarni qurishini e'lon qilgan.  

«Janubiy koreyalik harbiylar telbalarcha o‘z qurolli kuchlarini mustahkamlashga kirishgan. Ular Shimolga uzoq kutgan bostirib kirishga tayyorgarlikni jadallashtirishga intilmoqda»,  – deb aytilgan saytda.       

Xabarda ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya «ikkiyuzlamachi pozitsiya»ni egallamoqda: bir tomondan tinchlik haqida gapirib, ikkinchi tomondan «Shimoldagi vatandoshlarga iloji boricha ko‘proq zarar yetkazib», urushga tayyorgarlik olib bormoqda.  

Meari Seulning qurol sotib olish rejalarini o‘z e'tiborini pandemiyaga qarshi kurashga qaratish o‘rniga, unga «astronomik» mablag‘larga aylanadigan «g‘ayriinsoniy harakat» deb qoralagan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid