OAV AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari haqida ma'lumot berdi
Amerikadagi saylovlarga aralashishga aloqador 30dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar cheklovlar ostiga tushishi mumkin.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini e'lon qiladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The New York Times va The Wall Street Journal xabar bermoqda.
WSJ ma'lumotiga ko‘ra, AQSh hukumati amerikaliklarning Rossiya davlat qarzi bilan operatsiyalar o‘tkazishiga nisbatan cheklovlarni kengaytirmoqchi: 14 iyundan so‘ng moliya muassasalari Rossiya markaziy banki, moliya vazirligi va milliy farovonlik fondi davlat obligatsiyalarini xarid qila olmaydi.
Bundan tashqari, Amerikadagi saylovlarga aralashishga aloqador 30dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar cheklovlar ostiga tushishi mumkin.
Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va YeI bilan birgalikda «Qrim okkupatsiyasiga aloqador» sakkiz jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritadi.
AQSh hukumati shuningdek, «cheklangan miqdordagi» rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuboradi, deb yozadi NYT. WSJ nashrining ma'lumot berishicha, Rossiya AQShning Afg‘onistondagi askarlarining o‘ldirilishi uchun mukofot taklif qilgani bois mamlakatdan 10 nafar diplomat chiqarib yuboriladi.
Gazetalarning yozishicha, sanksiyalar AQSh muassasalariga qilingan kiberhujumlar va «Rossiyaning ko‘p yillardan buyon AQShdagi saylovlarga aralashuvi» sababli ham joriy etiladi.
Mavzuga oid
22:17 / 23.10.2024
AQShda chatbot bilan muloqotda bo‘lib kelgan 14 yoshli o‘smir keyin o‘z joniga qasd qildi
22:00 / 23.10.2024
Tarixda birinchi marta ota-o‘g‘il basketbolchi NBA o‘yinida birgalikda ishtirok etdi
12:00 / 23.10.2024
AQSh va BAA G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish sa’y-harakatlarini muhokama qildi
11:40 / 23.10.2024