Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:05 / 15.04.2021
3768
2 daqiqa o‘qiladi
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi qayta tashkil etildi
“Xotin-qizlarniqo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi qayta tashkil etildi.
Qaror bilan Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga muvofiq Jamg‘arma:
- og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylar boshlang‘ich badalini to‘lab beradi;
- xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashadi;
- xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtiradi;
- xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashadi.
Avvalroq, yil yakuniga qadar 9 million ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:57 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi
18:39 / 24.02.2026
«Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil qilinadi
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025