Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angela Merkel AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi
Germaniya kansleri Angela Merkel AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi birinchi dozasi bilan emlandi.
66 yoshli Merkel bir oy avval ushbu vaksina bilan emlanishga tayyorligini, biroq o‘z navbati kelishini kutishini aytgandi. Hozirda Germaniyada AstraZeneca vaksinasi bilan 60 yoshdan kattalargina emlanmoqda.
«Bugun AstraZeneca vaksinasining birinchi dozasi bilan emlanganimdan xursandman. Emlash kampaniyasida ishtirok etayotganlarga va barcha emlanayotganlarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Emlash – pandemiyani yengish kalitidir», deb aytgan Germaniya yetakchisi.
Avvalroq AstraZeneca vaksinasi emlanganlarda tromboz hosil qilishi mumkinligi sababli bir qator davlatlarda, jumladan, Germaniyada qo‘llanishi to‘xtatilgandi. Biroq Yevropa dori vositalari agentligi vaksina va tromboz hosil bo‘lishi orasida bog‘liqlik yo‘qligi haqidagi qarorga kelgandan keyin Germaniyada u bilan emlash davom ettirilgan. 1 aprelda Germaniya prezidenti Valter Shtaynmayyer ham AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026