Jahon | 21:39 / 16.04.2021
7996
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQShning 10 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi

«Kommersant'» nashrining yozishicha, Lavrov AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivanga «maslahatlashish uchun uyiga jo‘nash» tavsiya etilganini aytgan.

Foto: AFP/Getty Images

Rossiya o‘n nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.

«Siz o‘n nafar diplomat Qo‘shma Shtatlarni tark etishi so‘ralgan ro‘yxatni eslatdingiz. Biz bunga xuddi shunday javob qaytaramiz, Qo‘shma Shtatlarning o‘n nafar diplomatiga mamlakatimizni tark etishni taklif qilamiz», — dedi Lavrov.

«Kommersant'» nashrining xabar berishicha, Lavrov AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivanga «maslahatlashish uchun uyiga jo‘nash» tavsiya etilganini aytgan. Bu esa Rossiya Amerika elchisini chiqarib yuborayotganini anglatadi.

15 aprel kuni AQSh Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasida ishlovchi 10 nafar xodimni o‘z hududidan chiqarib yuborayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid