Davlat har qança rivojlanmasin, qişloq xöjaligiga e'tibor susaysa, zamon bilan hamnafas işlaş tizimiga ötilmasa, katta yöqotişga uçraydi. Xususan, yurtimizda ham sohaga e'tibor ortib, islohotlar boşlandiki, bu qisqa fursatlarda istiqbolli natijasini körsatmoqda.
Jumladan, hududlarda uyma-uy yurib, yangi tizim asosida iş olib borildi, tomorqa yerlariga köproq eksportbop ekinlar ekişni tarğib qilişga keng jamoatçilik jalb qilindi. Şuningdek, vertolyotda uçib, monitoring ötkaziş natijasida dehqon xöjaliklari va aholi tomorqalaridan foydalaniş samaradorligi oşirilyapti. Öziga biriktirilgan tomorqa yeridan yil davomida ikki-uç marta hosil olib, daromadini köpaytiriş, xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş borasida tizimli çoralar körilmoqda.

Samarqand viloyatida jami 846 ta mahalla fuqarolari yiğini mavjud bölib, 631,4 ming nafar tomorqa yer egalariga 69,6 ming gektar ekin yer maydonlari biriktirib berildi.
2021 yil hosili uçun jami 19,4 ming gektar, şundan: 5 ming 951 gektarga avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda 13 ming 482 gektarga noyabr-dekabr oylarida töqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekildi.
Ekilgan töqsonbosti ekinlaridan jami 281,7 ming tonna mahsulot yiğiştirib olinişi rejalaştirilgan.
Barça tuman hokimliklari tomonidan 2021 yilda aholi xonadonlarida ekinlarni joylaştiriş va mahsulot yetiştirişning prognoz hajmlari belgilab olindi.
Joriy yilda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarining 50 ming 36 gektariga bahorgi qişloq xöjaligi ekinlari joylaştirilişi belgilab olinib, şu kunga qadar 38 ming 540 gektar (77 foiz), şundan 19 ming 41 gektarga sabzavot, 11 ming 829 gektarga kartoşka, 713 gektarga poliz, 2 ming 65 gektarga dukkakli va 4 ming 893 gektarga boşqa ekinlar ekilişi yakuniga yetkazildi.


Erta bahorda ekilgan 50 ming 36 gektar maydonlardan jami 1 mln 313,8 ming tonna, şu jumladan 579 ming 759 tonna sabzavot, 31 ming 575 tonna poliz mahsulotlari, 270 ming 986 tonna kartoşka, 3 ming 582 tonna dukkakli ekinlar hamda boşqa qişloq xöjaligi ekinlaridan 94 ming 231 tonna mahsulot yiğiştirib olinişi kutilmoqda.











