«Liverpul» hujumçisi, Portugaliya milliy jamoasi a’zosi Diogu Jota 28 yoşida olamdan ötdi, deb xabar bermoqda Marca.

Jota Ispaniyaning Zamora provinsiyasida röy bergan yöl-transport hodisasi qurboni bölgan.

Xabar qilinişiça, YTH A-52 trassasining 65-kilometrida, Palasios-de-Sanabriya munitsipalitetida sodir bölgan. Diogu va 26 yoşli ukasi, boşqa bir professional futbolçi, Portugaliyaning «Penafiyel» klubi a’zosi Andre Jota bilan ketayotgan Lamborghini rusumli avtomobil boşqaruvni yöqotgan va yonib ketgan.

As naşri yozişiça, YTHga quvib ötiş vaqtida maşinaning şinasi yorilib ketgani, şundan keyin haydovçi boşqaruvni yöqotgani sabab bölgan.

CNN ma’lumotiga köra, Jota yaqinda öpkasida jarrohlik amaliyoti ötkazgandi va şifokorlar unga samolyotda uçmay turişni tavsiya qilişgandi. Futbolçi YTHdan oldin Ispaniya şimoliy sohillaridagi Santander şahriga ketayotgan bölgan, u bu yerda paromga çiqib, Buyuk Britaniyaga yetib olişni rejalaştirgandi. Jota «Liverpul»ning mavsumoldi yiğiniga qöşiliş uçun Angliyaga qaytayotgandi.

Jota va uning ukasi qattiq kuyib ketganidan darhol taniy olişmagan. Maşina kimga tegişli bölgani faqat nomerlarni tekşirişganidan keyin aniqlangan.

Diogu Jota muqaddam Portugaliyaning «Pasuş de Ferreyra» va «Portu», Ispaniyaning «Atletiko», Angliyaning «Vulverhempton» klublarida töp surgan, 2020 yildan buyon mersisaydliklar klubi safida töp surib kelayotgandi.

«Qizillar» safida u barça turnirlar doirasida 182 öyinda maydonga tuşib, 65 gol urgan va 26 golga uzatma bergan.

Jota «Liverpul» bilan ikki karra Angliya çempioni (2020/21 va 2024/2025 yillar mavsumi), Angliya Kubogi sohibi (2021/22), Angliya Superkubogi egasi (2022), Çempionlar ligasi ğolibi (2018/19) bölgan, şuningdek UYeFA Superkubogi (2019) va klublar örtasidagi jahon çempionatida (2019) ğolib çiqqan.

Şuningdek, Portugaliya milliy jamoasi safida ikki bor Millatlar ligasi ğolibligini qölga kiritgan. Milliy jamoa safida u 46 öyinda maydonga tuşib, 14 gol urgan. 

Portugaliyalik futbolçi şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida iyun oyi oxirida ötkazilgan töyidan fotosuratlarni bölişgandi. U öz qayliği Rute Kardoza bilan munosabatlarini rasmiylaştirgandi.

2012 yildan buyon birga yaşab kelgan juftlikning uç nafar farzandi bölgan.